Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari Komil Allamjonov Garvardda doktorlik unvonini olgan Botir Qobilovni tabrikladi.
Komil Allamjonovning yozishicha, isteʼdodli va aql-zakovatli o‘zbekistonliklarning dovrug‘i jahonga taralishi lozim.
Bugun Garvard universitetida doktorlik ilmiy darajasiga erishgan hamyurtimiz, faxrimiz, taniqli iqtisodchi olim Botir Qobilovni tabriklashdan mamnunmiz. Vatandoshimiz dunyoda nufuzi bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadigan universitetda PhD unvonini olgan birinchi o‘zbekistonlik bo‘ldi!
Har bir yigit-qizimiz Botir kabi o‘z ustida ishlab, bilimini chuqurlashtirishi, dunyoqarashini kengaytirishi zarur. Qiyinchiliklardan aslo cho‘chimaslik, taslim bo‘lmaslik kerak. Yosh do‘stlarim, o‘z ustingizda ishlang, o‘rganing, mehnat qiling va oldingizga ulkan maqsadlar qo‘ying. Botir Qobilovning yutug‘i barcha uchun ilhom manbai bo‘la oladi. Faxrlansa arzigulik yurtdoshlarimiz ko‘paysin!, – deb yozadi Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari.
Izoh (0)