Erkin Muhiddinov Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligining matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar u Ohangaron tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil yanvar oyida Ulug‘bek Uzoqov Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. 2022-yil fevalda esa Xalq deputatlari Oqqo‘rg‘on tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari tanishtirilgan edi.
Izoh (0)