Daryo

Samarqandda maktab o‘quvchisi nega “samosud” qilinganiga aniqlik kiritildi

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganib, o‘z kuzatuviga oldi

1 daqiqa o‘qish23 154 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqand viloyatining Past Darg‘om tumanidagi maktab o‘quvchisi 30 yoshli erkak tomonidan “samosud” qilingani haqida xabarlar tarqalgandi. Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganib, o‘z kuzatuviga oldi.

Foto: Videodan kadr

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 16-may kuni Past Darg‘om tumani IIBga 2009-yilda tug‘ilgan B.S. tan jarohati olgani to‘g‘risida uning onasi J.I. dan ariza kelib tushgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, voyaga yetmagan B.S. 20-maktabning 9-sinfida ta’lim olishi, u shu maktabning 6-sinf o‘quvchisi bo‘lgan qiz Q.A.ga sevishini aytgan. So‘ng qizning akasi A.Q. holatdan xabar topib, 15-may kuni bolani o‘z uyiga olib kirib, unga tan jarohati yetkazgan.

Shuningdek, A.Q. go‘yoki uning ta’zirini berish maqsadida sochi va qoshini qaychi bilan qirqib, uyidan chiqarib yuborgan.

Samarqand viloyati IIB voqea yuzasidan 19-may kuni Pastdarg‘om tumani IIB TB tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgandi. Ushbu jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “g”,“m” bandiga (qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) qayta malakalandi.

Gumonlanuvchi himoyachi huquqi bilan ta’minlanib, jinoyat-prosessual kodeksining 227-moddasi tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. Tergov davomida voyaga yetmagan B.S. ga nisbatan sodir etilgan boshqa g‘ayriqonuniy harakatlarga huquqiy baho berilmoqda.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar