Rossiyadagi o‘zbekistonliklar ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikka chaqirildi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.
Maʼlum qilinishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakillari tomonidan Tuladagi “Kapitan”, Sankt-Peterburgdagi “KMZ”, Voronejdagi “Zavod JBK” korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlar va ularning ish beruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Uchrashuvlarda fuqarolarning yashash va ish sharoitlari bilan tanishilib, ularning muammolariga yechim topishda ko‘maklashildi. Migratsiya sohasidagi yangi qaror va qonunchilik normalari, chet elda mehnat qilish uchun yaratilayotgan sharoit va qulayliklar to‘g‘risida maʼlumot berildi.
Shuningdek, fuqarolarga Rossiya hamda O‘zbekiston qonunchiligini buzmaslik, ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslik hamda turli vaʼdalarga uchmaslik yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Izoh (0)