Buxoro viloyatining Peshku tumanida qum-shag‘al xomashyosini noqonuniy qazib olish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, departamentning Peshku tuman bo‘limi tomonidan “Tog‘-kon geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish” inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “K.S.” MCHJga qarashli qum-shag‘al konida kon ajratmasi bo‘yicha belgilangan chegaradan tashqarida 11,8 ming kub qum-shag‘al aralashmasi noqonuniy ravishda qazib olinib, davlat va jamiyat manfaatlariga 153,7 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)