Tayvan qurolli kuchlari bir kun ichida Xiyot armiyasining 18 ta uchish qurilmasi va 4 ta kemasi orolga yaqinlashganini qayd etdi. Bu haqda Tayvan harbiy departamenti saytida e’lon qilingan bayonotda aytiladi.
Hujjatda qayd etilganidek, 12 ta samolyot Tayvan bo‘g‘ozining o‘rta chizig‘ini kesib o‘tib, orolning shimoliy va janubi-g‘arbiy qismlaridagi havo hujumidan mudofaa identifikatsiya zonasiga kirdi.
Ta’kidlanishicha, Tayvan armiyasi bunga javoban nishonlarni kuzatish qurilmalari, kemalar va yerdagi zenit-raketa tizimlarini ishga tushirgan.
Tayvan 1949-yildan beri o‘z maʼmuriyati tomonidan boshqariladi. O‘shanda Chiang Kay-Shi (1887-1975) boshchiligidagi qo‘shinlarining qolgan qismi Xitoy fuqarolar urushida mag‘lubiyatga uchraganidan keyin u yerga qochib ketgan. Pekin Tayvanni Xitoy Xalq Respublikasi provinsiyalaridan biri deb biladi.
Izoh (0)