AQSH 20-may kuni Ukrainaga qurol yetkazib berishni muvofiqlashtirish bo‘yicha G‘arbiy aloqa guruhining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazadi.
Bu haqda Pentagon matbuot xizmati tarqatgan bayonotda aytilgan.
![](/static/2024/05/18/pentagon55-qv0VgBNu.jpg)
“AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin va AQSH Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi general Charlz Braun 20-may kuni Pentagonda Ukraina bo‘yicha aloqa guruhining virtual uchrashuvini o‘tkazadi”, — deyiladi hujjatda.
Bayonotda aytilishicha, maslahatlashuvlarda 50 ga yaqin davlatdan mudofaa boshliqlari va shtab boshliqlari ishtirok etadi.
Izoh (0)