Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 8-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 18-may, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Qizilqum” “Olimpik” jamoasini qabul qildi. Uchrashuvning 13-daqiqasida Fayzullobek Jumanqo‘ziyev hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim so‘ngigacha ushbu natija saqlanib qoldi.
Ikkinchi bo‘limni Timur Kapadze shogirdlari hujumkor ruhda boshladi. 53-daqiqada Ahmadullo Muqumjonov hisobni tenglashtirdi. 3 daqiqa o‘tib Otabek Jo‘raqo‘ziyev hisobni 1:2 ko‘rinishga olib keldi. “Olimpik” klubi a‘zosi Alisher Odilov 69-daqiqada to‘p kiritdi.
Bosh hakam 83-daqiqada “Olimpik” darvozasiga penalti belgiladi. Giorgi Kuxianidze nuqtada adashmadi va hisob — 2:3. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida “Olimpik” yana bir gol kiritdi va Toshkentga 3 ochko bilan qaytadigan bo‘ldi. Yakuniy hisob — 2:4.
“Metallurg” klubi vodiyning “Andijon” klubi mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 68-daqiqasida mehmonlar vakili Daler Sharipov hisobni ochdi. Vladimr Bubanya 76-daqiqada “Andijon” klubiga bir ochko keltirgan gol muallifiga aylandi. Shu tariqa tomonlar uchrashuvda murosa yo‘lini tanladi.
Ushbu durangdan so‘ng “Andijon” klubi ochkolar sonini 13 taga yetkazib oldi va Superligada peshqadamlikni saqlab turibdi.
Superliganing 8-turidan o‘rin olgan boshqa o‘yinlar 19—20-may kunlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)