Ijtimoiy tarmoqlarda “Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida ham tojikistonlik bola o‘g‘rilarini ushlashgani aytilmoqda” mazmunidagi turli xabarlar tarqalmoqda. Viloyat IIB holatga izoh berdi.
Qayd etilishicha, ushbu xabarlar yuzasidan masʼullar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishlar natijasi ushbu xabarlar asossiz va haqiqatdan yiroq ekanini ko‘rsatmoqda.
Videodagi holat Qumqo‘rg‘on tumani “Bobotog‘” mahallasida sodir bo‘lgan. Mazkur holat yuzasidan Qumqo‘rg‘on tumani IIB xodimlari tomonidan o‘rganilganda, ushbu shaxslar Moldova fuqarolari bo‘lib, xo‘jalik buyumlarini sotib yurganini maʼlum qilgan. Tuman fuqarolari o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan. Holat yuzasidan tan jarohati olganlar yo‘q.
Ushbu holat yuzasidan Qumqo‘rg‘on tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)