Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda kiyimsiz erkak ikki bolani o‘g‘irlamoqchi bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. Viloyat IIB mazkur xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu xabarlar yuzasidan masʼullar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishlar natijasi xabarlar asossiz va haqiqatdan yiroq ekanini ko‘rsatmoqda.
Videodagi holat 2024-yil 13-may kuni soat 21:00 lar atrofida Jomboy tumani “Qo‘lbosti” mahallasida sodir bo‘lgan. Toshkent viloyati Chinoz tumanida yashovchi fuqaro S.A. ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishgan ayolning Jomboy tumani “Qo‘lbosti” mahallasidagi yashash uyiga kelgan vaqtida ayolning yaqinlari uni ushlab olib, urib tan jarohati yetkazgan.
Hozirda holat yuzasidan Jomboy tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)