Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy shu hafta oxiriga rejalashtirilgan Portugaliya va Ispaniyaga tashrifini bekor qildi. Bu haqda CNN Portugal xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Zelenskiy Ukrainada yuzaga kelgan jiddiy ichki vaziyat tufayli safarini bekor qilgan.
Ukraina davlat rahbari delegatsiyasi frontning bir qancha hududlaridagi, xususan, Xarkovdagi og‘ir vaziyat tufayli hozirda xorijga sayohat qilish o‘rinli emasligini, ehtimol, tushunib yetdi, — deyiladi xabarda.
Bu Zelenskiyning ushbu mamlakatlarga tashrifini kechiktirayotgani bilan bog‘liq birinchi holat emasligi ta’kidlanadi.
Ukraina prezidenti Ispaniyaga 17-may, juma kuni tashrif buyurishi kerak edi. Madridda Zelenskiy va Ispaniya qiroli Filipp VI o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi. Prezident ikki tomonlama xavfsizlik shartnomasini imzolash uchun Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches bilan uchrashishi kutilgandi.
Izoh (0)