Kelgusi bir necha hafta Ukraina uchun hal qiluvchi bo‘ladi, deya Xarkov viloyatidagi vaziyat fonida Times nashri xabar berdi.
Nashr G‘arb yordami vaziyatni o‘zgartirish uchun o‘z vaqtida yetib borishi mumkinligi haqida taxmin qilgan.
Keyingi bir necha hafta Ukraina uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Bayden tomonidan qabul qilingan harbiy yordam loyihasida ko‘zda tutilgan G‘arb artilleriya o‘q-dorilari o‘zgarishlar qilish uchun o‘z vaqtida yetib bora oladimi? Ukrainaga yaqinroq bo‘lgan Yevropa davlatlari tayyor bo‘ladimi, — deb yozadi nashr.
The Times shuningdek, F-16 qiruvchi samolyotlarining Ukrainaga kelishiga “oylar” qolganini ta’kidlagan.
Bularning barchasi Ukraina piyoda qo‘shinlari orasida yo‘qotishlarning ko‘payishiga olib keldi va ishchi kuchini tobora qimmatli manbaga aylantirdi, — deya qo‘shimcha qilgan nashr.
Avvalroq Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlarining Xarkov viloyatidagi, xususan, Volchanskdagi ahvolini o‘ta og‘ir deb atagandi. Ukraina armiyasi Xarkov yo‘nalishidagi murakkab operatsion vaziyatni tan olgan va Rossiya qo‘shinlarining taktik muvaffaqiyatini qayd etgan.
Izoh (0)