O‘zbekistonliklar Buyuk Britaniyaga ishga yuborilishi haqida xabar berilgan edi. Tashqi mehnat migratsiyasi hozirga qadar yuborilgan fuqarolar sonini ochiqladi.
Ma’lum qilinishicha, bugun 104 nafar o‘zbekistonlik mavsumiy qishloq xo‘jaligi sohasida ishlash uchun Buyuk Britaniyaga jo‘nab ketdi. Joriy yilning shu davriga qadar Buyuk Britaniyaga 1530 nafar fuqaro borib ishlamoqda.
Yil yakunigacha ushbu ko‘rsatkichni 4000 taga yetkazish rejalashtirilgan. Mazkur davlatda oylik maosh 1500-2000 dollar.
Izoh (0)