Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Afg‘onistonni ushbu tashkilotga aʼzolik badalini to‘lamagani va to‘lamaslik uchun asosli sabab ko‘rsatmagani uchun Bosh Assambleyada ovoz berish huquqidan mahrum qildi. Bu haqda AVApress xabar berdi.
BMT tomonidan eʼlon qilingan ro‘yxatga ko‘ra, Afg‘oniston, Komor orollari, Ekvador, San-Tome va Prinsipi, Somali hamda Venesuela oxirgi ikki yilda BMTga aʼzolik badalini to‘lamagan oltita davlat edi.
Biroq Komor orollari, Ekvador va Somali tushuntirishlar berib, ovoz berish huquqiga muvaffaq bo‘lgan, ammo Afg‘oniston, Ekvador va Venesuela ishonchli tushuntirishlar bermagani uchun ovoz berish huquqidan mahrum qilingan.
Ekspertlar fikricha, Afg‘onistonning aʼzolik to‘lovini to‘lamaslik uchun yetarli asoslari bo‘lgan. Afg‘onistonning BMTdagi ovoz berish huquqidan mahrum qilinishi mamlakat maqomining BMTda qariyb uch yildan beri bahs-munozarali bo‘lgan bir pallaga to‘g‘ri kelgan.
Amaldagi hukumat BMTdan Afg‘onistonga o‘rin berilishini bir necha bor so‘ragan, biroq tashkilot buni rad etgan.
Izoh (0)