AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainaga 400 million dollargacha harbiy yordam ajratish haqidagi farmonni imzoladi. Hujjat matni 10-may kuni Oq uy saytida e’lon qilindi.
Bayden o‘z farmoni bilan AQSH Davlat kotibiga Ukrainaga mudofaa tovarlari va xizmatlari, shuningdek, harbiy tayyorgarlik uchun 400 million dollargacha yordam ajratishni buyurdi.
Politico xabariga ko‘ra, yordam paketiga Amerika harbiy omborlaridagi qurollar kiradi: Patriot havo hujumidan mudofaa raketalari, Stinger zenit raketalari, Bredley piyodalar jangovar mashinalari, MRAP zirhli mashinalari, Javelin tankka qarshi tizimlari va boshqa o‘q-dorilar.
Reuters’ning ma’lum qilishicha, Kiyevga artilleriya, NASAMS zenit-raketa komplekslari uchun o‘q-dorilar, tankka qarshi o‘q-dorilar, zirhli mashinalar va jang maydonida darhol foydalanish mumkin bo‘lgan o‘q-dorilar berilishi kerak.
24-aprel kuni Bayden Kongressning ikkala palatasi tomonidan ma’qullangan Ukrainaga 61 milliard dollarlik yordam paketini imzolagan edi.
Izoh (0)