• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo Markaziy Osiyo

    “Markaziy Osiyo mintaqasi geotermal energiya bo‘yicha yechimlarga muhtoj” — Xalqaro moliya korporatsiyasi vitse-prezidenti Xela Shayxruhi

    Xalqaro moliya korporatsiyasining (IFC) Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo, Turkiya, Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha mintaqaviy vitse-prezidenti Xela Shayxruhi Markaziy Osiyo mintaqasida geotermal energiyadan foydalanish istiqbollari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

    Geotermal energiya bu — yerning ichki qismidagi issiqlik energiyasidan geotermal elektr stansiyalarda elektr energiyasini ishlab chiqarish yoki binolarni isitish va issiq suv ta’minoti uchun foydalanishga asoslangan energiya tarmog‘idir. Odatda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanadigan muqobil energiya turiga kiradi.

    “Dunyo zudlik bilan iqlim inqirozini yengish uchun yechimlarga muhtoj. Sun‘iy intellektdan elektr transport vositalariga qadar biz tobora ko‘proq texnologiyaga e’tiborimizni qaratmoqdamiz va bu tabiiy hol. Biroq, ba‘zida yechim shundoqqina qo‘l ostingizda yoki bu holda oyoqlaringiz ostida bo‘lishi mumkin.

    Geotermal yechimlar oqilona va keng miqyosda amalga oshirilsa, qishda doimiy isitish va yozda sovitish, yil davomida mavjud bo‘lgan toza energiya, ish o‘rinlari va biznes imkoniyatlarini yaratish imkonini beradi. Men ishlayotgan mintaqa davlatlari bunday yechimlarga muhtoj.

    IQAir maʼlumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston Respublikasi va Tojikiston havoning ifloslanishi bo‘yicha dunyoning yetakchi 20 ta davlati qatoriga kiradi, bu esa ushbu mamlakatlarda respirator kasalliklarning yuqori ko‘rsatkichlarida namoyon bo‘ladi. Qolaversa, Markaziy Osiyo hali ham ko‘mirga qattiq bog‘liq, bu esa vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda. Mintaqa davlatlari qazib oluvchi sanoatga qaramlikni kamaytirish maqsadida muqobil variant sifatida qo‘shni davlatlardan tabiiy gaz importini oshirmoqda. Mohiyatan bu qazilma yoqilg‘ining bir turiga qaramlikdan boshqasiga o‘tishni anglatadi, ammo bunday rivojlanish bilan keyinchalik yana bir jiddiy muammo paydo bo‘lishi mumkin: tashqi energiya manbalariga qaramlik mamlakatning energiya xavfsizligiga putur etkazadi. Shu sababli iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish uchun davlatlar avvalo o‘z hududida topilgan resurslardan foydalanishlari kerak.

    Ba’zan men geotermal loyihalar qimmat va rivojlanayotgan mamlakatlar uchun amalda qo‘llab-quvvatlanmasligini eshitaman. Biroq binolarni isitish va sovitish uchun geotermal energiyadan foydalanish faqat Yevropa Ittifoqi yoki AQSH mamlakatlari uchun mo‘ljallangan qimmatbaho yechim emas. Ushbu yechimlar ushbu mamlakatlar fuqarolari uchun uzoq muddatli imtiyozlar beradi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2050- yilga kelib, AQSHda 28 millionga yaqin uy xo‘jaliklari butun mamlakat bo‘ylab geotermal markazlashtirilgan isitish tizimiga ulanishi mumkin, bu esa o‘sha davrda kamida 300 milliard dollar tejash imkonini beradi.

    Binoni isitish va sovitish uchun geotermal energiyadan foydalanish ko‘plab afzalliklarga ega. To‘g‘ri sharoitlarda ushbu texnologiyalarni joriy etish xarajatlari ko‘mir yoki tabiiy gazdan foydalanish xarajatlari bilan taqqoslanadi. Demak, mamlakatlar import qilinadigan yoqilg‘iga kamroq qaram bo‘lishi va buning natijasida o‘z energiya xavfsizligini oshirishi mumkin. Geotermal energiya, shuningdek, tovar narxlarining o‘zgarishiga qarshi himoya vazifasini ham bajarishi mumkin. Qayta tiklanadigan energiya manbalarining boshqa turlaridan farqli o‘laroq, bu manba, eng muhimi, barqaror isitish yoki sovitishni ta‘minlashi mumkin, bu esa uy xo‘jaliklariga energiya xarajatlarini uzoq muddatda rejalashtirish imkonini beradi.

    Xela Shayxruhi

    Bundan tashqari, geotermal energetikaning rivojlanishi mahalliy iqtisodiy rivojlanish va ish o‘rinlari yaratishga yordam beradi. Har bir megavatt quvvat uchun taxminan 34 ta ish o‘rni talab qilinadi, bu shamol energetikasi uchun yaratiladigan 19 ta ish o‘rni va quyosh elektr stansiyalari uchun yaratilgan 12 ta ish o‘rinlaridan ancha yuqori. Bu ish o‘rinlari bevosita geotermal elektr stansiyasi loyihasini ishlab chiqish, uni qurish va foydalanishga topshirish jarayonida yaratiladi. Odatda yuqori malakali kadrlarni talab qiladigan yirik gaz ishlab chiqarish yoki energiya ishlab chiqarish loyihalaridan farqli o‘laroq, hatto kichik korxonalar ham geotermal loyihalarni amalga oshirish va ularga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanishi mumkin.

    Markaziy Osiyo, jumladan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonning yer osti boyliklari binoni isitish va sovitish uchun geotermal texnologiyalarni joriy etish uchun qulaydir. Toza energiyaning barqaror ta’minotini ta’minlash uchun geotermal energiya salohiyatidan foydalanish mintaqaning yanada yashil va barqaror kelajakka o‘tishini tezlashtirishi, energiya importiga qaramlikni kamaytirishi mumkin. An‘anaviy ravishda qazib olinadigan yoqilg‘iga qaram bo‘lgan mintaqa uchun bu yangi va samarali yechimlarni anglatadi.

    IFC geotermal yechimlar Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish uchun muhim deb hisoblaydi. Biz tasdiqlangan texnologiyalarni qo‘llash, iqtisodiy imkoniyatlar, moliyalashtirish imkoniyatlari, shuningdek, geotermal energiyadan vinoni isitish va sovitish uchun foydalanishning qonunchilik va me‘yoriy jihatlarini o‘rganish orqali mintaqaning iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shamiz. Davlat va mahalliy hokimiyat organlari, shuningdek, xususiy sektor bilan yaqindan hamkorlik qilib, biz yer usti geotermal energiya loyihalarini amalga oshirishga yordam beramiz. IFC ko‘magida Markaziy Osiyo mintaqaning o‘sib borayotgan energiya ehtiyojlarini qondira oladigan qayta tiklanadigan energetika sektorini rivojlantirib, muhim geotermal energiyaga ega bo‘ladi”.

    Xela Shayxruhi, IFCning Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo, Turkiya, Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha mintaqaviy vitse-prezidenti

    10.05.2024, 20:20   Izoh (0)   3552
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Erdo‘g‘on: “Amaldagi konstitutsiya Turkiyaning demokratik tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi”

    10.05.2024, 18:35

    Turkiya harbiylari Iroq va Suriya shimolida Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 17 jangarini yo‘q qildi

    10.05.2024, 18:15

    “Ispaniya va Irlandiya hukumati Falastinni tan olmoqchi” — Jozep Borrel

    10.05.2024, 17:30

    AQSHda politsiyachi xonadonni adashtirib, harbiy-havo kuchlarining 23 yoshli uchuvchisini otib o‘ldirdi

    10.05.2024, 17:12

    AQSH noqonuniy migratsiyaga qarshi choralar ko‘rmoqda  

    10.05.2024, 17:00

    Netanyaxu Isroilning G‘azodagi hujumini AQSHning Ikkinchi jahon urushidagi harakatlariga qiyosladi  

    10.05.2024, 16:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukrainadagi urushni tugatishning 5 ta yo‘li ma’lum qilindi

    Dunyo | 8 avgust, 10:55

    O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:52

    Sog‘liqni saqlash vazirligi soxta tabiblardan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:36

    Malayziyada homiladorlik tufayli 28 yoshli ayol to‘satdan “qarib qoldi” (foto)

    Dunyo | 8 avgust, 10:24

    Isroil urushni tugatish uchun 5 ta shart belgiladi

    Dunyo | 8 avgust, 10:09

    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

    Reklama | 8 avgust, 09:00

    “Lopesga ko‘rsatgan bag‘rikengligimizni dindor ayollarimizga ham ko‘rsataylik” — Alisher Qodirov

    O‘zbekiston | 8 avgust, 09:50

    Firibgarlik sxemalari haqida film va seriallar: ularning qurboniga aylanmaslik uchun nimalar qilish kerak?

    Kino | 8 avgust, 09:42

    O‘zbekistonda trener-o‘qituvchilarga malaka toifalarini berish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 09:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.