Ispaniya va Irlandiya hukumati 21-may kuni Falastin davlatini tan olmoqchi.
Bu haqda Ispaniya radiosi orqali Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel ma’lum qilgan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlari ham shunday qadam tashlashi mumkin. Xususan, u Belgiya va Sloveniyani tilga oldi.
“Bu nafaqat davlatning tan olinishi, balki amalda bunday davlat mavjudligini ta’minlash uchun ishlashga tayyorlik belgisi bo‘ladi”, — dedi Borrel.
Avvalroq Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu mamlakat G‘azodagi janglarda tashqi yordamsiz g‘alaba qozona olishini, buning uchun tish-tirnog‘i bilan kurashishini ta’kidlagandi.
“Yakkama-yakka kurashishimiz kerak bo‘lsa, kurashamiz”, — dedi Netanyaxu.
Izoh (0)