AQSHning Florida shtatida zo‘ravon fuqaroni qo‘lga olish chaqirig‘iga javoban yetib kelgan politsiyachi eshikni ochgan qora tanli erkakka qarata o‘q uzdi.
Keyinchalik politsiyachining o'zi tushuntirishicha, erkak negadir qo‘llarini ortga yashirgani unda shubha uyg‘otgan. Aniqlanishicha, halok bo‘lgan erkakning ismi Rojer Fortson bo‘lib, u AQSH harbiy-havo kuchlarining 23 yoshli uchuvchisi sifatida faoliyat yuritgan.
Haqiqiy tartibbuzar o‘q ovozini eshitib, qochib ketgan. Hozirda holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Politsiyachi xizmatdan chetlashtirilgan bo‘lib, allaqachon o‘z nishoni va to‘pponchasini topshirgan.
Mahalliy aholi muammoning ildizi “politsiya xodimi oq tanli, o‘ldirilgan odam esa qora tanli ekan”idaligiga e’tibor qaratmoqda. Chunki aholining fikriga ko‘ra, politsiya xodimlari qora tanli fuqarolarni “pinhona jinoyatchi” deb hisoblaydi.
Izoh (0)