Professional futbol ligasi Superligada aprel oyining eng yaxshi murabbiy va futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlarni e’lon qildi.
Aprel oyida Superligada 1 ta, O‘zbekiston Kubogida esa 3 ta bahslari bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvlar davomida bir qator futbolchi va murabbiylar o‘zlarini ko‘rsatishdi.
Superliga. Aprel oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lishga nomzodlar:
- Vesko Steshevich (“Metallurg”) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 8:1
- Vitaliy Levchenko (“Neftchi”) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 8:2
- Samvel Babayan (“Navbahor”) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 4:2
- Ivan Boshkovich (“So‘g‘diyona”) – 4 o‘yin, 4 g‘alaba, to‘plar farqi 8:2
- Fevzi Davletov (“Surxon”) – 4 o‘yin, 3 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 10:2.
Superliga. Aprel oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar
- Shohruh Abdurahmonov (“So‘g‘diyona”) – 3 o‘yin, 2 gol, 2 assist
- Joel Kojo (“Dinamo”) – 4 o‘yin, 3 gol, 1 assist
- Jahongir Abdusalomov (“Surxon”) – 4 o‘yin, 2 gol, 1 assist.
Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayonida musobaqalarni bevosita sharhlab borayotgan, tahlil qilayotgan, mutaxassis sifatida kuzatayotgan va albatta biror klubda faoliyat olib bormayotgan neytral shaxslar ishtirok etadi.
Izoh (0)