Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 6-turida “Nasaf” 7-may, seshanba kuni “OKMK”ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 22-daqiqasida Sardor Rahmonov hisobni ochdi.
Oradan 5 daqiqa o‘tib, Akmal Mozgovoy hisobni tenglashtirdi.
Bo‘lim so‘ngida Zoran Marushich qarshiliklarni oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo‘limda Marushich dublni rasmiylashtirdi. 67-daqiqada Jambuli Jigauri “Nasaf”ning 4-goliga mualliflik qildi.
78-daqiqada Ali Abdurahmonov hisobni qisqartirdi.
90+3-daqiqada Avazbek O‘lmasaliyev ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa “Nasaf” 4:3 hisobidagi g‘alabani rasmiylashtirdi. 7-may kungi bahslardan so‘ng turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi.
Superliga
6-tur
7-may, seshanba
“OKMK” – “Nasaf” 3:4
Gollar: Sardor Rahmonov, 22 (1:0), Akmal Mozgovoy, 27 (1:1), Zoran Marushich, 45+3 (1:2), Zoran Marushich, 60 (1:3), Jambuli Jigauri, 67 (1:4), Ali Abdurahmonov, 78 (2:4), Avazbek O‘lmasaliyev, 90+3 (3:4).
“OKMK”: 35. Javohir Ilyosov, 2. Akromjon Komilov, 3. Sardor Rahmonov, 4. Mirjamol Qosimov (77. Nodirbek Abdurazzoqov, 65), 6. Avazbek O‘lmasaliyev, 8. Baxtiyorjon Qosimov (14. Azizbek Bahromov, 76), 10. Xurshid G‘iyosov, 15. Oybek Rustamov, 28. Arixiro Sentoku (88. Murat Ermatov, 90), 95. Milan Shkrbich (18. Aziz Xolmurodov, 46), 99. Irakli Ruxadze (27. Ali Abdurahmonov, 65).
“Nasaf”: 35. Abduvohid Ne’matov, 2. Alibek Davronov (8. Zafarmurod Abdirahmatov, 73), 5. G‘olib G‘aybullayev, 7. Akmal Mozgovoy, 14. Sharof Muhitdinov, 27. Islom Kenjaboyev (30. Temur Chogadze, 88), 28. Shuhrat Muhammadiyev, 32. Zoran Marushich (20. Viktor da Silva, 88), 34. Sherzod Nasrullayev, 70. Jambuli Jigauri (88. Marko Stanoyevich 73), 77. Oybek Bozorov.
Ogohlantirish: Oybek Rustamov (84).
Izoh (0)