Daryo

Qirg‘iziston prezidenti nega paraddan keyingi norasmiy tushlikka bormadi?

Xorijiy yetakchilar uchun tashkillashtirilgan tushlikda Belarus prezidenti ham ishtirok etmagandi

1 daqiqa o‘qish36 852 ko‘rishlar0 izoh0

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Qizil maydondagi G‘alaba paradidan so‘ng bo‘lib o‘tgan MDH davlatlari rahbarlarining Kremldagi norasmiy tushligida qatnashmadi. Buni Rossiya ommaviy axborot vositalarida chop etilgan foto va videomateriallar tasdiqlaydi.

Qizil maydondagi parad mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da (Toshkent vaqti bilan 12:00 da) boshlandi, shundan so‘ng prezidentlar Aleksandr bog‘idagi noma’lum askar qabriga gul qo‘ydi va Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlar xotirasini bir daqiqalik sukut bilan yodga oldi. 

8-may kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov davlat rahbarlari tashrifi bo‘yicha rejani aytib, MDH davlatlari yetakchilari Putin bilan norasmiy nonushtaga borishini ma’lum qilgandi.

Kreml tomonidan e’lon qilingan tasvirlarda norasmiy nonushtaga faqat Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston prezidentlari va Armaniston bosh vaziri borganini ko‘rish mumkin. Shu bilan birga, prezidentlik stoli atigi olti kishiga yozilgan.

Foto: Kremlin.ru

Ta’kidlash kerakki, nonushtada Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ham bo‘lmagan. Belarus rahbarining tadbirda ishtirok etmasligi sababi uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq. Lukashenko Moskvadagi paradda o‘zini yomon his qilgan, ommaviy axborot vositalari Belarus prezidentining qo‘liga bint bog‘langaniga e’tibor qaratgan.

Qirg‘iziston prezidenti nega tushlikda ishtirok etmadi?

Sadir Japarovning matbuot kotibi Erbol Sultonboyev bu bo‘yicha ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, Qirg‘iziston prezidenti Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan muzokaraga borgan.

“8-may kuni prezident Sadir Japarov MDH davlatlari rahbarlari uchun norasmiy ziyofatda ishtirok etdi. 9-may kuni Qizil maydondagi parad tugagandan so‘ng Qirg‘iziston delegatsiyasi rasmiy tashrif doirasidagi tadbirga — Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan muzokaralarga bordi”, — dedi Erbol Sultonboyev.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar