AQSHning Vashington shahridagi o‘rta maktab yaqinida otishma sodir bo‘ldi, oqibatda 17 yoshli o‘quvchi o‘q jarohati bilan kasalxonaga yetkazildi. Bu haqda mahalliy politsiya bo‘limi X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilgan.
“Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, o‘q maktab binosi ichidagi o‘quvchi qizga teggan”, — deyiladi xabarda.
Matbuot anjumanida huquq-tartibot idorasi rasmiysi guvohlar bir nechta otishma ovozlarini eshitganini ma’lum qildi. Xabar berilishicha, otishma bir nechta guruh o‘rtasida ro‘y bergan. Hozirda politsiya voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Avvalroq AQSH prezidenti Jo Bayden Shimoliy Karolinadagi otishmadan keyin Kongressni qurol nazoratini kuchaytirish bo‘yicha qonunchilik tashabbuslarini amalga oshirishga chaqirgandi.
Izoh (0)