HAMAS va Isroil o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvda katta zarar ko‘rgan G‘azo sektorini tiklash uchun 30-40 milliard dollar kerak bo‘ladi.
Bu haqda BMT Taraqqiyot dasturining arab mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy byurosi direktori Abdulla al-Dardoriy ma’lum qildi.
BMT Taraqqiyot dasturining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, G‘azo sektorini rekonstruksiya qilish uchun 30 milliard dollardan ortiq mablag‘ kerak bo‘ladi va bu mablag‘ 40 milliard dollarga yetishi mumkin, — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, vayronagarchilik ko‘lami “katta va misli ko‘rilmagan”.
“Jahon hamjamiyati Ikkinchi jahon urushidan buyon hech qachon bunday katta miqyosdagi vayronagarchilikka duch kelmagan”, — deya ta’kidladi Abdulla al-Dardoriy.
Izoh (0)