Ijtimoiy tarmoqlarda Traverse rusumli 85 Q 002 GA davlat raqam belgili (2024-yil 15-fevral kuni 85 O 002 GA ga almashtirilgan) avtomobil haydovchisi transport vositasiga ruxsat etilmagan maxsus tovush chiqaruvchi (sirena) qurilma o‘rnatganligi aks etgan video tarqaldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, video Navoiy viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilib, ushbu avtomobil haydovchisi 1984-yilda tug‘ilgan J.M.ga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yildi.
Shuningdek, qoidabuzarga tegishli chora ko‘rilishini taʼminlamagan xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Izoh (0)