Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan bank boshqaruvchisi sobiq o‘rinbosari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro O.X. hududiy tijorat banki filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan davrida otasi S.X. rahbarligidagi “S.T.” dehqon xo‘jaligiga ushbu bank filialidan ajratilgan 300 mln so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Shuningdek, O.X. fuqaro Z.X.ga imtiyozli kredit ajratib berishi evaziga 30 mln so‘mini hamda fuqaro Ch.M.ning kredit qarzdorligini so‘ndirib uchun 15 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)