Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida 10 million 800 ming so‘m qarzi bo‘lgan fuqaroning mashinasi xatlandi. Bu haqda MIB axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Aytilishicha, byuroning Buvayda tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Qo‘qon tumanlararo iqtisodiy sudining qaroriga asosan U.M.dan undiruvchi bank foydasiga 10 million 800 ming so‘m kredit qarzini undirish belgilangan.
Qarzdor tomonidan sud qarorining ijrosi ixtiyoriy muddatda taʼminlanmagani sababli davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorning nomida bo‘lgan Toyota Camry 20-mart kuni xolislar ishtirokida xatlanib, tuman IIB YXHBning jarima maydoniga olib kirilgan.
Hozirda ushbu xatlangan mulkni auksion savdolarga qo‘yish choralari ko‘rilmoqda.
Izoh (0)