Odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Istanbulda ushlandi, deb xabar bermoqda Bosh konsulxona axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan, xalq orasida “Madam Klod” taxallusi bilan tanilgan, odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda bo‘lgan Mirxanova Nilufar 10-yanvar kuni O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari ishtirokida Istanbul xalqaro aeropotidan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilish so‘ralgan.
Izoh (0)