• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Qo‘shni davlatlar bilan integratsiya uchun Rossiya ta’siridan qutulish kerak” – ekspert bilan suhbat

    Atoqli o‘zbek adibi Shukur Xolmirzayevning “Qora kamar” asarida shunday so‘zlar bor: “Men ilgari yurt deganda Boysunni tushunardim, millat deganda faqat o‘zbekni bilardim, yo‘q, millat – bu faqat o‘zbekmasakan, millat bu butun turkiy xalqlarning birligi ekan”.

    Mazkur asarda qalamga olingan voqealardan beri oradan yuz yil o‘tdi. Markaziy Osiyo xalqlari uchun “birlashish” masalasi qanchalik dolzarb bo‘lib turibdi, bu yo‘nalishda qanday natijalarga erishildi va qanday muammolar bor? “Daryo” zamonaviy dunyodagi integratsiya tushunchalari haqida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti, xalqaro iqtisodchi Qobuljon Isayev bilan suhbatlashdi.

    - 80-yillarning oxiri, 90-yillarning boshida Sovet ittifoqi tarqalib, sobiq respublikalar mustaqillikka erisha boshlaganda, bir g‘oya juda ommalashgan edi. Ya’ni Markaziy Osiyo respublikalarining tarixi, tili, dini va madaniyati mushtarak, shuning uchun biz osonlik bilan birlashib, qudratli kuchga aylanamiz. Lekin afsuski, umumiy tarix va madaniyat integratsiya uchun yetarli emas ekan. Unday bo‘lsa, integratsiyaning eng asosiy ingrediyenti deymizmi, kerakli sharti deymizmi yo butlovchi qismi deymizmi, nima bo‘lishi kerak?

    — Integratsiya tushunchasi aslida Ikkinchi jahon urushidan keyin maydonga chiqdi. Urushni boshidan kechirgan mamlakatlar shuni tushunib yetdiki, birlashmasdan va birga qaror qabul qilishni o‘rganmasdan turib, jahon bozorida muvaffaqiyatga erishish mumkin emas ekan. Benilyuks, Yevropa po‘lat uyushmasi, Yevropa hamjamiyati – integratsiya yo‘lidagi dastlabki qadamlar edi. Bunday harakatlar Ittifoq tarkibidan chiqqan respublikalarda ham ko‘zga tashlana boshladi. “Turkiston – umumiy uyimiz” kabi g‘oyalarning paydo bo‘lishi, shuningdek, SHHTning shakllanishini misol keltirish mumkin. Lekin integratsiya nima? Integratsiya umumiy biznesga, pul topishga va manfaatga asoslanadi. Tili, dini yoki e’tiqodi mushtarak mamlakatlar birga bo‘lishi kerak degan tasavvurdamiz. Bular o‘sha biznes maqsadlarga erishish uchun tayanch tushunchalardir. Dunyodagi har qanday integratsiya va birlashuv biznes maqsadlari bilan uyg‘unlashgandagina barqaror hisoblanadi.

    Qolaversa, integratsiyaning xalqaro tan olingan shartlari bor: birinchidan, birlashmoqchi bo‘layotgan mamlakatlar o‘rtasida savdo-sotiq, ikkinchidan, migratsiya, ya’ni o‘rtada ishchi kuchi aylanishi, uchinchidan, bojxona ittifoqi, ya’ni umumiy bozor. Faqatgina ishchilar emas, kapital aylanmasi mavjud bo‘lishi lozim. So‘nggi bosqich – yagona valyuta. Bunga faqat Yevropa Ittifoqi erisha oldi. Hattoki, nazariyada yagona fuqarolik degan tushuncha ham bor, biroq bu ma’lum xatarlardan xoli emas. Biz esa hanuzgacha Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi migratsiyani ta’minlay olmadik – bunga Turkmaniston bilan viza rejimi saqlanib qolayotganini misol keltirish mumkin. Vaholanki, migratsiya integratsiyaning muhim sharti ekanini aytib o‘tdik. Bugungi kunda umumiy savdo va bojxonani rivojlantirishga imkoniyat kamroq – Rossiya baribir YOIIga tortadi, Xitoy esa SHHTga – shuning uchun migratsiyaning o‘zini rivojlantirishga harakat qilish lozim.

    Markaziy Osiyo uchun eng birlamchi yo‘l ham shu – ishchi kuchi migratsiyasi. Mayli, hozircha tovar olib o‘tmasin, kapital aylanmasin, hech bo‘lmaganda bordi-keldi erkin bo‘lsin. Deylik, bir tanishingiz Qirg‘izistonda ishlaydi, boshqasi Tojikistonda. Xuddi shu singari qo‘shnilarimizning fuqarolari ham O‘zbekistonda, Qozog‘istonda mehnat qiladi. Buning natijasida tanish-bilish orttiriladi, biznes yuritish uchun qulay muhit yaratiladi, ishonch paydo bo‘ladi. Hozir dunyoda bilimdan ko‘ra muhimroq narsa paydo bo‘lgan, bu — netvorking. AQSH va Yevropada e’tirof etilayotgan tendensiya bu. Misol uchun, ikkita yaxshi loyiha bor, birinchisi puxta va istiqbolli, ikkinchisi esa bir oz sustroq. Ammo ikkinchi loyihaning muallifini yaxshiroq taniganim uchun uning g‘oyasini tanlayman. Chunki, o‘sha odamning fe’l-atvorini bilaman, u bilan til topishish va pirovardida o‘zaro kelishgan holda muvaffaqiyatli ish yuritish osonroq kechadi. Aytib o‘tganimdek, bu G‘arbda e’tirof etilgan, ya’ni tanish-bilishchilik, agar to‘g‘ri foydalanilsa, manfaat keltirishi mumkin.

    - Qozog‘istonning YIM 300 milliard dollar atrofida, O‘zbekiston – 90, Tojikiston va Qirg‘iziston – 10-15 milliard. Mana shunday katta iqtisodiy tafovut integratsiya jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadimi? 

    — Nazariyada salbiy ta’sir qiladi. Ammo chegaralar ochiq bo‘lsa, aholining turmush darajasi yaxshilanadi, buni mahalliy aholining chegara oldi savdo munosabatlarida ko‘rish mumkin. MO mamlakatlari o‘rtasidagi tafovut u qadar kattamas. Misol uchun, Yevropa Ittifoqi Gretsiyani “sudrab” yurganchalik emas. Yodingizda bo‘lsa YI birlashgach, Gretsiya va Portugaliyani rivojlantirishga majbur bo‘lgandi. U yerda Qozog‘iston bilan Qirg‘iziston YIM o‘rtasidagi farqdan ko‘ra kattaroq tafovutlar bor. Biz uzoq-yaqin qo‘shnilar orqali koridorlarni ochyapmiz, ammo ularga infratuzilmani majburlab olib kirib bo‘lmaydi. Tabiiy infratuzilma bo‘lishi kerak. Yo‘llar bo‘yidagi xizmat ko‘rsatish tarmoqlari va hokazo. Yana bir tasavvur borki, bizning mintaqamiz davlatlari asosan qishloq xo‘jaligiga asoslangan, integratsiyaning sharti esa – sanoat ishlab chiqarishning rivojlanishidir. Aslida qishloq xo‘jaligiga asoslangan mamlakatlar ham integratsiya qila oladi.

    Deylik, Tojikistonda sanoat yo‘q. 90 foizdan ortig‘i tog‘li hududlar, aholisi 8-9 million atrofida. Lekin boshqa tarafdan, Tojikiston tayyor turizm maskani-ku. Mana, tog‘larga sayr mavsumi boshlanyapti, oilaviy chiqib dam olishga qancha sarflaymiz? O‘zimizda bunday sayohatlar narxi Turkiyaga borib-kelishga tenglashib qolganini ham ko‘rish mumkin. Biroq tayyor tog‘ zonalariga ega bo‘lgan, bizdan 200 kilometr masofada joylashgan Tojikiston bilan o‘rtamizda magistral yo‘q. Yoki Turkmanistonni olaylik. Turkiyaga borib-kelish biz uchun nufuz, dabdaba. Vaholanki, Kaspiy dengiziga chiqishning eng oddiy yo‘li – Turkmaniston bilan viza masalasini hal etish. Mayli, yuqorida aytilganidek, tovarlar olib o‘tilmasin, katta savdo bo‘lmasin, hech bo‘lmasa migratsiya, ya’ni turizmni rivojlantirish mumkin-ku. Tasavvur qiling, mashinangizga o‘tirasiz-da, Buxoro orqali Turkmanistonga o‘tasiz, mashinani paromga ortib, Ozarboyjonga borasiz va futbol o‘yinini tomosha qilib kelasiz.

    Mana shunday oddiy dunyoqarashni shakllantirishimiz va viza kabi oddiy masalalarni yechishimiz kerak hali. Shunda maydon ko‘rinadi. Biz hali ssenariyni yozmasdan turib, maydonni ko‘rishni istayapmiz. Shuning uchun sanoatlashmasak, integratsiya qilolmaymiz degan fikrga qo‘shilmayman. Yana bir jihat bor. Agar turkiy xalqlar birlashuvi degan g‘oyaga zo‘r bersak, Tojikiston bilan Afg‘oniston chetda qolib ketadi. Aynan Markaziy Osiyo mamlakatlarining birlashuvi degan g‘oya bo‘lishi kerak va bunda madaniy integratsiyani kuchaytirish lozim. Iqtisodiy integratsiyada manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishi aniq – Xitoy, Rossiya va AQSHning o‘z manfaatlari bor, ammo madaniy integratsiya keng imkoniyatlar yaratadi. Avvalo o‘zaro migratsiyani ochishimiz lozim.

    — Transport-logistika masalasida. Qo‘shnilarimiz, bir tarafdan Afg‘oniston, boshqa tarafdan Xitoy, u yoqda Rossiya, bu yoqda Eron va Turkiya. Uncha havas qilarli emas-u, juda noligulik ham emas. Tashqi bozorlarga chiqish yo‘llarimiz hozir qanday holatda?

    — Markaziy Osiyoda to‘qqizta transport koridori mavjud. Yevropaga asosan Qozog‘iston va Rossiya orqali chiqilyapti. Shuningdek, Qozog‘iston va Qirg‘iziston orqali Xitoyga borish mumkin. Bundan tashqari, Turkmaniston orqali Gruziya portlariga chiqiladigan Turkmanboshi porti... Rossiya biz uchun Sharqiy Yevropaga chiqish yo‘lida “tiqin” bo‘lib qolyapti. Vaholanki, Rossiya orqali o‘tadigan koridor eng uzun va serxarajat hisoblanadi. Biz uchun eng qisqa yo‘l bu — Hayraton ko‘prigidan Mozori Sharifga o‘tish va Eronning Bandar-Abbos portiga chiqish. Eng yaqin dengiz yo‘limiz shu. Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatildi, lekin hozircha “yashil koridor” mavjud emas. Infratuzilma ham yo‘q. Shu sababli transport koridorlari haqida gapirganda, uchta muammoni nazarda tutish kerak.

    Birinchisi, tovar nomenklaturasini dengizgacha olib chiqish, biz hozircha Naxodka portiga bog‘lanib qolganmiz, bu juda uzoq. Qolaversa, o‘ziga yarasha “o‘yinlar” bor. Dunyoda savdo integratsiyasi ikkita yo‘l bilan boshqariladi, birinchisi – tarif. Mamlakatlar o‘zining boj siyosatini yurgizadi. Jahon savdo tashkiloti a’zolik va o‘zaro munosabatlarni hal etadi, ichki masalalarga aralashmaydi. Ichki masalalar esa juda ko‘p – gigiyena, qadoqlash, sanepidnazorat, markirovka, standartlashtirish – bular bari notarif cheklovlar... Aytaylik, Rossiyaga 40 tonna gilos jo‘natdingiz, o‘z-o‘zidan qaytarib yuborishdi. Sababini so‘rasangiz, “fitosanitariya talablari” deydi. O‘zbekiston prezidenti shu masalalarga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishida bu muammoga e’tibor qaratgan edi. Ayrim davlatlar esa “Yevro-4” furasida yuk tashish lozim degan talabni qo‘yadi. Ya’ni dengizgacha yetib olish infratuzilmasi ham oxirigacha yechilmagan. Mana shu sabablar orqali xarajatlar ortib ketadi, oqibatda narx ko‘tariladi va bozordan chiqib ketishga majbur qilinadi.

    Ikkinchi muammo esa esa dengizning o‘zida, aniqroq aytganda, masofada. Amsterdam, Madrid kabi portlarda suzish huquqi bemalol bo‘lishi kerak. Xitoy orqali jahon bozoriga chiqish ham oson emas. Xitoy o‘zi 50 ming xildan ortiq tovarlarni eksport qiladi, biz u yerga qanday kira olamiz? Adashmasam, keyingi yillarda Xitoy 60 ming xilga yetkazdi bu ko‘rsatkichni.

    Uchinchi masala esa eng yaqin va optimal hisoblangan Afg‘oniston bilan bog‘liq. Agar notinchlik, beqarorlik kabi siyosiy xatarlarni chetga surib, sof iqtisod nuqtayi nazaridan qaraydigan bo‘lsak, Afg‘onistondan ko‘ra ma’qul yo‘l yo‘q Eronga. Boshqa davlatlar o‘z portlarini ochib qo‘ygani bilan notarif cheklovlar saqlanib qolaveradi. Masalan, Turkmaniston. “Keling, biz orqali eksport qiling”, deydi. Kirganingizdan keyin idorama-idora imzo yig‘ib yuraverasiz. Keyingi safar bormaysiz. Shuning uchun bizga eng ma’qul yo‘l – Afg‘oniston. Ammo “yashil koridor”ning, ya’ni infratuzilmaning yo‘qligi imkoniyatlarni cheklaydi. 

    - Mintaqamiz davlatlari, ayniqsa, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston mehnat migrantlari yuboradigan pullarga ancha bog‘lanib qolgan. Ayniqsa, qo‘shnilarimizda bu summa YIMning 40 foizigacha tashkil etadi. Rossiyadan kelayotgan mablag‘larga bog‘liqlik MO mamlakatlari o‘rtasidagi integratsiyaga qanchalik ta’sir o‘tkazadi?

    — Dunyoda 300 millionga yaqin migrant bor deyiladi va bu sohada taxminan 700 milliard dollar aylanadi. Bir trillionga yaqinlashib boryapti. Shundan 500 milliard dollari taraqqiy etgan mamlakatlardan kamroq rivojlangan davlatlarga jo‘natiladi. To‘g‘ri, biz ham bu pullarga bog‘langanmiz, ammo Tojikistonda bog‘liqlik ancha kuchli. Savolingizga keladigan bo‘lsak – integratsion hududning ichidagi mamlakatlar bilan siyosat bor va uchinchi mamlakatlar bilan siyosat bor, bu farqlanadi. Qozog‘iston shunday yo‘l tutgan. Ham YOIIga, ham JSTga a’zo. Har ikki tashkilot doirasida ham savdo-sotiq qilaveradi.

    Mintaqadagi ichki kapital aylanmasini kuchaytirish kerak. Agar Rossiyadagi pul tushumlariga qarab turaverilsa, bog‘liqlik kuchayib boraveradi. Bu kabi masalalar mana bu “Xalqaro iqtisodiyot” nomli darslikda batafsil yoritilgan. Deylik, mutaxassislarimiz Xitoy va AQSH o‘rtasidagi iqtisodiy nizolarni o‘zbek tilida o‘rgana oladimi, yo‘qmi? Hozircha yo‘q. Agar o‘sha muammolarni ingliz adabiyotlari orqali o‘rgansa, fikrlashi ham o‘sha tomonga tortib ketadi. Xitoyda o‘qib kelayotgan bolalar ham Xitoy pozitsiyasidan turib fikrlaydi. Shuning uchun o‘zbekcha adabiyotlar asosida o‘zbek tilida o‘qitish juda muhim hisoblanadi. Afsuski, xususiy universitetlarimiz bu kabi darsliklarga mablag‘ ajratmaydi, chunki bu xarajatlarni taqozo etadi. Ular uchun pul topish muhimroq. 

    - Siz Markaziy Osiyo mamlakatlarining birlashuvini qanday tasavvur qilasiz, deylik hamma muammolar hal etilsa, vizalar bekor qilinsa, chegaralar ochilsa, shartnomalar imzolansa, qanday manzara yuzaga keladi?

    — Birinchi navbatda migratsiya masalasi yechiladi. O‘z mashinangizda Kaspiy dengizigacha borib kelasiz. Qirg‘iziston va Tojikiston yo‘nalishlarida ham shunday koridorlar yaratiladi. Keyingi bosqichda biznes shartnomalar paydo bo‘ladi. Davlat shartnomalari vaqtincha gegemon bo‘lib tursa ham yuqorida aytganimizdek, qarindosh-urug‘chilik, bordi-keldining kuchayishi oqibatida samarali biznes tuzilmalari paydo bo‘ladi, savdo rivojlanadi va bu tuzilmalar bilan davlatlar ham hisoblashishi kerak bo‘ladi. Keyingi qadam – bojxona masalalari hal etiladi. Migratsiya va bojxona hal etilgach, kapital paydo bo‘ladi. Davlatlarimiz bir-biriga investitsiya kirita boshlaydi. Aslida bizga chetdan kirayotgan investitsiyalar haqida ma’lumot berilsa-da, biz chetga chiqarayotgan investitsiyalar ko‘pam ochiqlanmaydi. Ba’zan eshitib qolamiz, falonchi o‘zbek boyning Turkiyada mehmonxonasi bor ekan, deb.

    Demak, u investitsiya kiritgan. Faqat bitta savol: mablag‘ni ofshor orqali o‘tkazganmi yo to‘g‘ridan-to‘g‘rimi? Agar mintaqamizda integratsiya amalga oshadigan bo‘lsa, ofshorning keragi bo‘lmaydi. Tijoratchi pulini shu bozorga tikadi, sababi bozorning xususiyatlarini boshqalardan yaxshiroq biladi. Binobarin, o‘zaro investitsiyalar masalasi o‘rtaga chiqadi, sarmoyadorlar o‘z mablag‘ini tashqariga bergisi kelmay qoladi. Keyingi bosqichda yagona valyuta masalasi ko‘tariladi. Albatta, bu oson bo‘lmaydi. AQSH, Xitoy, Rossiyaning munosabati qanday bo‘ladi? Xitoy o‘z ta’sirini kamaytirmaydi – bu masalada xomxayolga borish kerak emas. Lekin ichki sharoitlarimizni o‘zimizdan yaxshiroq hech kim bilmaydi. Demak, o‘zimiz ijrochi bo‘lamiz va shu orqali manfaatli hamkorlik olib borish mumkin bo‘ladi. AQSH ham jahon savdo yo‘llaridagi nufuzi evaziga o‘z ta’sirini saqlab qoladi. Nihoyat, ruslar. Ular bilan umumiy manfaatga kelish uchun vaqt talab etiladi. Kelgusida Markaziy Osiyo fuqarosi degan tushuncha yuzaga kelishi mumkin. Pirovardida Markaziy Osiyo o‘ziga kerakli shartlar asosida siyosat yurgizadi.

    Olimjon Safoyev suhbatlashdi

    30.04.2024, 20:15   Izoh (0)   7697
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda kinoteatrda film ovozini telefonga yozib, internetga tarqatgan fuqaro jarimaga tortildi 

    30.04.2024, 19:25

    Toshkentning ikki tumanida “svet” vaqtincha o‘chiriladi 

    30.04.2024, 18:56

    Bog‘chalarda ota-onalar to‘lovining yangi miqdorlari tasdiqlandi 

    30.04.2024, 18:49

    O‘zbekistonda bolalarda saratonni davolash bo‘yicha yangi kelishuv imzolandi 

    30.04.2024, 18:12

    Jizzaxda baliqlarni noqonuniy ovlaganlar tabiatga 8 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazdi 

    30.04.2024, 17:45

    Toshkent shahrida salkam 17 ming dollarlik dorilar noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi 

    30.04.2024, 17:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Tolibon” 40 yoshgacha bo‘lgan ayollarga Termizdagi bozorga borishni taqiqladi

    Dunyo | 15 iyun, 18:20

    Klublar o‘rtasidagi JCH boshlandi: qaysi jamoalar ishtirok etadi, o‘yinlar qayerda bo‘lib o‘tadi va mukofot puli qancha?

    Sport | 15 iyun, 16:58

    Buxoroda ham ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 16:47

    Eron raketa zarbalaridan Isroildagi turar joylar vayron bo‘ldi (foto)

    Dunyo | 15 iyun, 15:41

    “O‘zgidromet” hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 14:55

    Toshkentda Dynamic Tower qurilishi mumkin

    O‘zbekiston | 15 iyun, 14:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.