Indoneziyaning Shimoliy Sulavesi provinsiyasida xuddi shu nomdagi orolda Ruang vulqoni otildi. Bu haqda Yaponiya bosh meteorologiya boshqarmasiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, vulqon 19 kilometr balandlikka tutun va kul otgan. Bungacha Ruang aprel oyida sakkiz marta otilgandi. Shu vaqt davomida oroldan 828 nafar aholi evakuatsiya qilingan. Qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.
Vulqon hududidagi xavf darajasi mamlakatda qabul qilingan tasnifga ko‘ra maksimal to‘rt darajaga ko‘tarilgan. Indoneziyada hatto Manado shahridagi aeroport yopilib, 40 dan ortiq reyslar bekor qilingan.
Izoh (0)