Indoneziyada 31 yashar xitoylik sayyoh ayol fotosessiya paytida vulqon krateriga tushib ketdi. Bu haqda Metro xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ayol eri va bir guruh sayyohlar bilan birga Ijen vulqonining krateriga ko‘tarilgan. Ular quyosh botishini tomosha qilishni rejalashtirgan. Hodisa xitoylik ayolning eri uni krater yonbag‘rida suratga olayotgan paytda yuz bergan. Ayolning uzun yubkasining etagi qoya orasiga kirib qolgan. Oqibatda u qoqilib ketib, 250 metr balandlikdan kraterga tushib ketgan.
Voqea joyiga shifokorlar chaqirilgan, qutqaruv operatsiyasi deyarli ikki soat davom etgan, shifokorlar jabrlanuvchiga yordam bera olmagan. Hozirda ayolning jasadini Bali orqali Xitoyga olib ketish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)