Taʼmirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlariga 29-aprel kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.
Mirzo Ulug‘bek tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha)
- aholi isteʼmolchilar — “Temuriylar” MFYdagi 254 ta yerli xonadon;
- ulgurji isteʼmolchilar — 10 ta.
Yashnobod tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha)
- aholi isteʼmolchilar — Ilg‘or shoh ko‘chasidagi 310 ta yerli xonadon;
- ulgurji isteʼmolchilar — 2 ta.
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.
Bir necha kun oldin Chilonzor, Uchtepa, Mirzo Ulug‘bek va Olmazor tumanlarining qator hududlarida gaz o‘chirilgan edi.
Izoh (0)