Slovakiyaning Volkswagen va Volvo avtomobil ishlab chiqaruvchilari O‘zbekiston fuqarolarini ishga taklif qilmoqda. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.
Volkswagen har oyda 240 nafar ishchini premium avtomobillarni ishlab chiqarish, kabel agregatlari, shassi va interyerni yig‘ish, montaj ishlari, diagnostika va avtomobillarni sinovdan o‘tkazish yo‘nalishida ishga taklif etadi.
Ish uch smenadan iborat. Nomzodlardan rus tilini kommunikativ darajada bilish talab etiladi. Ish haqi oyiga 1200−1600 yevro orasida.
Volvo esa 18−45 yoshdagi 150 nafargacha yuk mashinasi haydovchilarini ishga oladi. Rus tilini bilishdan tashqari, C va E toifali haydovchilik guvohnomasi talab qilinadi, maosh oyiga 1700−2400 yevro.
Bandlik vazirligi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tez orada ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha e’lon beradi.
- Bundan oldin O‘zbekistonlik 10 mingdan ortiq tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)