Yengil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachev ikkinchi titul haqida o‘ylayotganini aytib o‘tdi.

“To‘g‘risini aytsam, ikkinchi chempionlik tituli haqida o‘ylayapman. Yarim o‘rta vazn toifasida chempion bo‘lmoqchiman. U divizionda raqibim kim bo‘lishini bilmayman, lekin u yerda Leon Edvards yetakchi bo‘lib turibdi.
BMF kamari? U menga kerak emas. Umuman u nima uchun mavjudligini ham tushunmayman”, — deydi Maxachev.
Eslatib o‘tamiz, UFC 302 turnirida Islom Maxachev Dastin Poryega qarshi oktagonga ko‘tariladi. Ushbu jang 2-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Maxachev — UFC chempioni va P4P reytingi yetakchisi hisoblanadi. U 2023-yilda ikki marta Aleks Volkanovskini mag‘lub etgandi.
Izoh (0)