O‘zbekistonlik MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev UFC promoushenidagi navbatdagi jangini 12-may sanasida o‘tkazadi. Bu haqida UFC prezidenti Dana Uayt ma’lum qildi.
![](/static/2024/04/25/joaquin-buckley-vs-nursulton-ruziboev-ufc-on-espn-56-Fbw_jOwN.webp)
Ro‘ziboyev AQSHdagi UFC Fight Night turnirida Xoakin Bakliga qarshi jang qiladi.
Eslatib o‘tamiz, UFC on ESPN turnirining asosiy kardida jang qilgan o‘zbekistonlik sportchiga Sedrik Dyuma (9-2) raqiblik qilgandi.
Jang 1-raunddayoq yakuniga yetib, Nursultonning ketma-ket zarbalaridan so‘ng referi texnik nokaut qayd etgan edi.
Xoakin Bakli 30 yoshda. U so‘nggi jangini 30-mart kuni Visente Lukyega qarshi o‘tkazdi va g‘alaba qozondi. U MMA’da 24 ta jang o‘tkazib, 18 tasida g‘alaba qozongan, 6 bora mag‘lubiyatga uchragan.
Izoh (0)