O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi viloyat hokimlari, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi va shahar, tuman hokimlari davolanish ta’tiliga chiqdi. Bu haqdagi ma’lumotni “Daryo” manbasi tasdiqladi.
Hokimlar ayni paytda Prezident administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi tasarrufidagi 1- va 2-sonli markaziy klinik shifoxonalarida davolanmoqda.
Ma’lum qilinishicha, hokimlarning davolanish ta’tili 2024-yilning 2-yanvaridan 9-yanvariga qadar, bir hafta davom etadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ham 2023-yilning dekabr oyida mehnat ta’tiliga chiqib, qisqa fursatda ishga qaytgandi.
Izoh (0)