Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Tuproqqal’a tumanida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 21-aprel kuni soat 16:10 da Tuproqqalʼa tumani “Muhabbat” MFY hududida joylashgan “Obod Poper” MCHJga qarashli qog‘oz va karton ishlab chiqarish sexi hududining taxminan 300 kvadrat metr maydonida qog‘oz chiqindilari va 100 kilogramm mazut mahsulotlari yongan.
Yong‘in yong‘in-qutqaruvchilar tomonidan soat 17:42 da to‘liq bartaraf qilingan. Yong‘inning yuzaga kelish sababi hamda ko‘rilgan zarar aniqlanmoqda. Yong‘inni o‘chirishga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb qilingan.
Mazkur sodir bo‘lgan yong‘in natijasida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
Fevral oxirlarida Toshkentda mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in chiqqani va uni o‘chirishga 20 ta ekipaj jalb etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Aprel boshlarida esa Sergeli tumanida qurilish chiqindilari yonib ketgandi.
Izoh (0)