Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi 45 yoshli (ayol) S.A. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, bank kartasidan 50 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari nomaʼlum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini maʼlum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan, Nukus shahrida yashovchi 32 yoshli U.N. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan U.N. internet foydalanuvchilariga Telegram orqali turli xil mazmunidagi xabarni (havola) jo‘natib, ularni qiziqtirib, bank karta maʼlumotlarini qo‘lga kiritish orqali bank kartalarida saqlangan pullarni o‘g‘irlab, qing‘ir yo‘llar bilan boylik orttirib kelayotganligi maʼlum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan JKning 169-moddasi (o‘g‘irlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, U.N.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh (0)