Andijonlik yigit Koreyaga o‘qishga ketgach, terroristik tashkilotlarning yetakchilari taʼsiriga tushgani aniqlandi, deb xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, Aʼzamjonov Muhammadiy 1996-yil Andijon viloyatining Andijon shahrida tug‘ilgan. U 2018-yilda Janubiy Koreyada joylashgan SEJONG institutiga o‘qishga kirgan. O‘qish davomida mavsumiy ishlar bilan shug‘ullanib yurgan vaqtida ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqaro terroristik tashkilotlarning g‘oyaviy yetakchilari taʼsiriga tushgan.
2020-yilning fevral oyida Turkiyaga o‘tib, Istanbul shahridagi madrasada noto‘g‘ri diniy taʼlim olib radikallashgan, oktyabr oyida Suriyadagi “Tavhid val jihod katibasi” jamoatiga qo‘shilgan va jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan.
Hozirda Suriyaning Idlib shahrida jangovar harakatlarda ishtirok etib kelayotgani haqida maʼlumot olingan. Huquq tartibot idoralari tomonidan olib borilgan surishtiruv, tezkor qidiruv tadbirlari natijasida unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv eʼlon qilingan.
Izoh (0)