“Real” futbolchisi Rodrigo “Manchester Siti”ga qarshi o‘yindagi golini Krishtianu Ronaldu singari nishonlaganiga izoh berdi.
“Har doim Krishtianuning kliplarini tomosha qilaman. Ba’zida ruhlanish uchun o‘yindan oldin ko‘raman. Gol urganimdan so‘ng, xuddi Ronaldudek nishonlash xayolimga keldi.
Yoshligim haqida eslasam, Krishning Chempionlar Ligasidagi o‘yinlari, muxlislar uning ismini baralla aytishi yodimga keladi.
U mening kumirim, buni doim takrorlayman. Shuning uchun golni xuddi Ronaldudek nishonlashim uni qanchalik hurmat qilishimni anglatadi”, — deydi braziliyalik futbolchi.
23 yoshli futbolchi Chempionlar Ligasi chorak finalida “Manchester Siti” darvozasiga ikkinchi golni urdi va uni “An-Nassr” hujumchisiga taqlid tarzida nishonladi.
Izoh (0)