“An-Nassr” Krishtianu Ronaldu kelganidan beri beshta turnirda g‘alaba qozona olmadi.
8-aprel sanasida “An-Nassr” Saudiya Arabistoni Superkubogi yarim final bosqichida “Al-Hilol”ga imkoniyatni boy berib (1:2) musobaqadan chiqib ketdi. Ronaldu bu o‘yinda qizil kartochka oldi.
Bu Ronaldu kelganidan keyin “An-Nassr”ning turnirlardagi beshinchi mag‘lubiyati hisoblanadi.
Bu mavsumda jamoa allaqachon Osiyo Chempionlar Ligasidagi yurishini to‘xtatdi, Saudiya Arabistoni chempionatida esa peshqadam “Al-Hilol”dan 12 ochko ortda qolmoqda. Klub hali ham Saudiya Arabistoni Qirol kubogini qo‘ga kiritishi mumkin, jamoa yarim finalda yana “Al-Hilol” bilan o‘ynaydi. Bu o‘yin 1-may kuni bo‘lib o‘tadi.
O‘tgan mavsumda “An-Nassr” chempionatda ikkinchi o‘rinni egalladi. Saudiya Arabistoni Superkubogida jamoa yarim finalda “Al-Ittihod”ga (1:3) mag‘lub bo‘lib o‘z yurishini to‘xtatdi va Qirol kubogi musobaqasida yarim finalida “Al-Vahda”ga imkoniyatni boy bergan edi.
Ronaldu transferidan buyon “An-Nassr” bitta sovrinni qo‘lga kiritdi – o‘rtoqlik turniri hisoblangan Arab chempionlari klublari kubogi.
Izoh (0)