• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlari ishga jalb qilish mumkinmi? Huquqshunos tushuntirish berdi

    O‘zbekistonliklar Ramazon hayiti munosabati bilan ketma-ket 3 kun dam oladi. Biroq shu dam olish kunlarini ham ko‘p ko‘radigan rahbarlar yo‘q emas. Bugun ertalabdan “bo‘ldi, dam olish tugadi, hamma ishga” degan xabarlarni qabul qilib olganlar ham bo‘lsa kerak. Lekin ana shu xodimlar ham, ayni paytda xodimlarini ishga chaqirayotgan o‘sha shoshqaloq rahbarlar ham bu yo‘nalishdagi huquqlari va majburiyatlarini bilib qo‘yganlari yaxshi. Javobgarligini ham, albatta.

    “Daryo” muxbiri huquqshunos Saydali Muhtoraliyevdan dam olish kunlari xodimlarni ishga jalb qilish uchun javobgarlik, agar mehnatga jalb etilsa, qay tartibda haq to‘lanishi bo‘yicha izoh oldi.

    — O‘zi dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlari ishga jalb qilish mumkinmi?

    — Gap shundaki, do‘stlar, umumiy qoidaga ko‘ra dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarida ishlash taqiqlanadi. Bu haqda Mehnat kodeksining 209-moddasida aytilgan. Lekin mana shu 209-moddaning o‘zida dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarida xodimlarni ishga jalb qilish mumkinligi bo‘yicha ayrim istisno holatlar ham ko‘rsatib o‘tilgan.

    Shundan kelib chiqib, biz dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarida ishga jalb qilish amaliyotini ikkiga ajratib olamiz: birinchisi, xodimning roziligi bilan, ikkinchisi, xodimning roziligisiz ishga jalb qilish.

    Xodimning roziligi bilan ishga jalb qilish

    Birinchisi. Mehnat kodeksining 209-moddasi 2-qismiga ko‘ra, agar korxona yoki tashkilotning keyinchalik normal ishlashi oldindan kutilmagan muayyan ishlarning bajarilishiga bog‘liq bo‘lsa va o‘sha ishlarni shoshilinch bajarishga zarurat tug‘ilgan taqdirda, xodimlarni dam olish kunlari va ishlanmaydigan bayram kunlari ishga jalb etish mumkin. Faqat bunday ishlarning ro‘yxati jamoa shartnomasida, agar jamoa shartnomasi bo‘lmasa, ish beruvchining kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishib qabul qilgan boshqa hujjatida, agar ish beruvchi yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lsa, xodimning mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Bunday holatlarda xodimlarni ishga jalb qilish faqatgina ularning roziliklari asosida amalga oshiriladi.

    Ikkinchisi. Ishlab chiqarish uzluksiz bo‘ladigan korxona va tashkilotlar bor. Bunday tashkilotlarda muayyan ishlarni ishlanmaydigan bayram kunlarida ham amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi. Masalan, ishlab chiqarish texnik sharoitlarga ko‘ra to‘xtatib turish imkoni bo‘lmagan ishlarni yoki aholiga xizmat ko‘rsatish zaruratini yuzaga keltiradigan ishlarni, bundan tashqari, kechiktirib bo‘lmaydigan ta’mirlash va yuk ortish-tushirish ishlarini nazarda tutyapmiz. Bunday vaziyatlarda ham xodimlarni ularning roziligi bilan dam olish, bayram va ishlanmaydigan kunlarda ishga jalb qilish mumkin.

    Uchinchisi. Hammamiz bilgan yana bir soha vakillari bor, siz va biz dam olayotgan bir vaqtda biz ularning mehnatini ko‘rib yoki eshitib turgan bo‘lamiz. Madaniy-tomosha tashkilotlari, televideniye, radioeshittirish tashkilotlari va boshqa ommaviy axborot vositalarining ijodkor xodimlarini, bundan tashqari, professional sportchilar, shuningdek, asarlarni yaratishda va (yoki) ijro etishda (namoyish etishda) ishtirok etuvchi boshqa shaxslarni nazarda tutyapman. Yuqoridagi soha vakillarini ham dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarida ishga jalb qilishga yo‘l qo‘yiladi. Faqat yangi Mehnat kodeksi bo‘yicha qo‘yilgan talablar shuki, bu sohadagi dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarida ishga jalb qilish Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishuvga ko‘ra ishlar, kasblar va lavozimlarning tasdiqlanadigan ro‘yxatlariga muvofiq, jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilanadigan tartibda yo‘l qo‘yiladi. Albatta, bunday holatlarda ham xodimlardan rozilik arizalari olinishi kerak.

    Xodimning roziligisiz ishga jalb qilish

    Biz umumiy qoidaga ko‘ra, xodimlarni dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarida ishlatish taqiqlanishini, biroq alohida istisno holatlarda ularning roziligi bilan ishga jalb qilish mumkinligini yuqorida ko‘rib chiqdik.

    Qarang, eski Mehnat kodeksida bo‘lmagan juda qiziq qoida yangi Mehnat kodeksining 210-moddasida turibdi: “dam olish kunlari va ishlanmaydigan bayram kunlari xodimning roziligisiz ishga jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan quyidagi hollar mustasno”. Ya’ni, Mehnat kodeksining 210-moddasi normalari masalaga yanada chuqurroq yondashmoqda, ushbu modda umumiy holatlarda dam olish va bayram kunlarida ishga jalb qilish uchun xodimning roziligi kerakligini ta’kidlagan holda, bu borada ham qo‘shimcha istisnolar borligini nazarda tutyapti. E’tibor bering, ushbu holatlarda xodimning roziligisiz ham dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarida ishga jalb qilish mumkin bo‘lmoqda. Xo‘sh, bu qaysi holatlar o‘zi?

    Mehnat kodeksining 210-moddasiga asosan xodimning roziligisiz dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarida ishga jalb qilishga quyidagi holatlarda yo‘l qo‘yiladi:

    • birinchisi — tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega halokatlarning, ishlab chiqarishdagi avariyalarning, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning, shuningdek, yong‘inlar, toshqinlar, zilzilalar, epidemiya yoki epizootiyalarning oldini olish yoki oqibatlarini bartaraf etish hamda aholi yoxud uning bir qismining hayotiga yoki normal yashash sharoitlariga tahdid soladigan boshqa alohida hollarda bajariladigan ishlar amalga oshirilishi uchun;
    • ikkinchisi — baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun;
    • uchinchisi — markazlashtirilgan issiq suv ta’minoti, sovuq suv ta’minoti va (yoki) suv chiqarish tizimlarining, gaz ta’minoti, issiqlik ta’minoti, yoritish, transport va aloqa tizimlarining normal ishlashini buzadigan kutilmagan holatlarni bartaraf etishga doir ijtimoiy jihatdan zarur ishlar amalga oshirilishi uchun;
    • to‘rtinchisi — ish beruvchining mulkini nobud qilish yoki unga zarar yetkazishning oldini olish uchun.

    Demak, yuqoridagi kabi alohida vaziyatlar yuzaga kelganda ish beruvchi xodimni uning roziligini olmagan holda ishga jalb qilishi mumkin. Bunday holatlarda xodim uchun dam olish va bayram kunlari ishlash majburiy tusga kiradi.

    Qaysi shaxslarni ishga jalb qilishda har qanday holatda ham ularning roziligi shart?

    Har qanday holatlarda ham homilador ayollarni, 14 yoshga to‘lmagan bolaning (16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning) ota-onasidan birini (Mehnat kodeksi396-modda), nogiron xodimlarni (428-modda) ularning roziligisiz dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarida ishga jalb qilib bo‘lmaydi.

    Nogiron xodimlar bo‘yicha esa qo‘shimcha talab bunday ishlar tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tavsiyalarida taqiqlanmagan bo‘lishi kerak.

    Mehnat kodeksining 417-moddasiga asosan 18 yoshga to‘lmagan xodimlarni dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarida ishlatish taqiqlangan. Madaniy-tomosha tashkilotlari, televideniye, radioeshittirish tashkilotlari va boshqa ommaviy axborot vositalarining ijodiy xodimlari, professional sportchilar, shuningdek, asarlar yaratishda va (yoki) ijro etishda (namoyish etishda) ishtirok etuvchi boshqa shaxslargina bundan mustasno. Ushbu 18 yoshga to‘lmagan xodimlar Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ishlar, kasblar, lavozimlar ro‘yxatlariga muvofiq o‘z roziliklari bilan ishga jalb qilinishi mumkin.

    10.04.2024, 17:54   Izoh (0)   10808
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda maktab direktori ikki o‘quvchi boshini urishtirdi. Holatga aloqadorlarning barchasi jazolanadi

    10.03.2024, 12:22

    Hashar munosabati bilan xodimning ish haqidan ushlab qolish mumkinmi? Huquqshunos tushuntirish berdi

    15.03.2024, 17:55

    O‘zbekistonda ayollar og‘ir yuk ko‘tarishi va tashishida yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p yuklamalar normasi ishlab chiqildi 

    20.03.2024, 10:45

    O‘zbekiston jurnalistlari va davlat tashkilotlari matbuot kotiblari Al Jazeera Media Institute’da malaka oshiradi

    10.04.2024, 16:50

    O‘zbekistonda o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga xizmat ko‘rsatishda xususiy sektor bilan hamkorlik qilinadi

    10.04.2024, 15:50

    Toshkent viloyatida 670 ming rublni bojxonadan noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol to‘xtatib qolindi

    10.04.2024, 14:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.