Toshkentda hayit kuni avtobuslar 4:00 dan 10:00 gacha bepul xizmat ko‘rsatadi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratish, yo‘llarda paydo bo‘ladigan tirbandliklarning oldini olish maqsadida 10-aprel – Ramazon hayiti kuni “Toshshahartransxizmat” tasarrufidagi avtobus va elektrobuslar soat 04:00 dan 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.
“Poytaxtimiz aholisi va mehmonlaridan bayram kunlari o‘z manzillariga yetib olishda jamoat transporti xizmatlaridan foydalanishni so‘rab qolamiz”, – deyiladi xabarda.
Avvalroq Toshkent metropoliteni va avtobuslar Ramazon hayiti kuni o‘z faoliyatini odatdagidan 1 soat oldin boshlashi haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)