Ramazon hayiti kuni poytaxt avtobuslari soat 4:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bayram kunlari “Toshshahartransxizmat” AJ avtobus saroylariga biriktirilgan avtobus yo‘nalishlarining faoliyati hayit kunidan keyingi dam olish kunlari quyidagi tartibda tashkil etiladi:
- 11-aprel payshanba – qo‘shimcha dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 12-aprel, juma – qo‘shimcha dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 13-aprel, shanba – ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
- 14-aprel, yakshanba – dam olish kuni. Yakshanba uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
Avvalroq Toshkent metropoliteni Ramazon hayiti kuni o‘z faoliyatini odatdagidan 1 soat oldin boshlashi haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)