Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasida mart oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi.
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, “Navbahor” klubi hujumchisi Toma Tabatadze oy futbolchisi deb topildi.
Gruziyalik futbolchi o‘tgan oy Superligada 4 bahsda ishtirok etdi va raqiblar darvozasiga olti bor yo‘l topdi.
Ushbu sovrin uchun Shohruh Abdurahmonov (“So‘g‘diyona”), Bektemir Abdumannonov (“Andijon”), Giorgi Kuxianidze (“Qizilqum”), Nsungusi Effiong (“Neftchi”) va Sardor Rahmonov (“OKMK”) kabi futbolchilar nomzodi qo‘yilgandi.
Izoh (0)