Professional futbol ligasi mart oyida Superliganing eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlarni e’lon qildi.
Superligada dastlabki 4 tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, quyidagi futbolchilar o‘tgan oyning eng yaxshisi bo‘lish uchun kurash olib boradi:
- Toma Tabatadze (“Navbahor”) – 4 o‘yin, 6 gol
- Shohruh Abdurahmonov (“So‘g‘diyona”) – 4 o‘yin, 4 gol
- Bektemir Abdumannonov (“Andijon”) – 4 o‘yin, 4 assist
- Giorgi Kuxianidze (“Qizilqum”) – 4 o‘yin, 2 gol, 1 assist
- Nsungusi Effiong (“Neftchi”) – 4 o‘yin, 2 gol, 1 assist
- Sardor Rahmonov (“OKMK”) – 4 o‘yin, 2 gol.
Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayonida musobaqalarni bevosita sharhlab borayotgan, tahlil qilayotgan, mutaxassis sifatida kuzatayotgan va albatta biror klubda faoliyat olib bormayotgan neytral shaxslar ishtirok etadi.
Izoh (0)