“Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk faoliyati davomida to‘qnash kelgan eng qiyin raqiblari kimligini sanab o‘tdi.
“Lionel Messi so‘zsiz eng qiyin raqib. Shuningdek, Erling Holandni ham shu qatorga qo‘shaman. Zamonaviy hujumchi. Agar unga kichkina imkoniyat bersang ham, jazolanasan.
Serxio Aguero “Liverpul” ko‘p gol urmagan, to‘g‘risini aytsam, “Sauthempton”dalik paytim unga qarshi o‘ynaganman va u doim xavfli bo‘lgan. U o‘ng oyoq bilan ham chap oyoq bilan ham yaxshi o‘ynay oladi.
Undan tashqari Olivye Jiruni ham bu ro‘yxatga qo‘shsa bo‘ladi. U “Chelsi”da Azar bilan o‘ynagan vaqtlarda Edenga shunchaki qarashi kifoyda edi, to‘p darhol Olivyega uzatilardi. Jiru ham menga qarshi o‘yinlarda yaxshi gollar urgan”, — deydi van Deyk Gari Lineker va Mayk Richards bilan suhbatda.
Niderlandiyalik futbolchi 2018-yilda “Sauthempton”dan “Liverpul”ga o‘tgan edi. Shundan buyon himoyachi mersisaydliklar sharafini himoya qilib kelmoqda.
Izoh (0)