Ispaniya hukumati ko'p ming dollarlik investitsiyalar evaziga xorijliklarga oltin vizalar — yashash uchun ruxsatnomalarni berishni bekor qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalistlarga mamlakat bosh vaziri Pedro Sanches ma’lum qildi.
“Biz 500 ming yevrodan ortiq ko‘chmas mulkka sarmoya kiritgan xorijliklarga yashash uchun ruxsatnoma beruvchi oltin viza deb ataladigan hujjatni bekor qilmoqchimiz”, — dedi hukumat rahbari.
2022-yilda Ispaniya investorlarga 2,4 mingdan ortiq shunday ruxsatnoma berdi, bu 2021-yilga nisbatan deyarli 60 foizga ko‘pdir. Umuman olganda, mexanizm kuchga kirganidan beri 11 mingdan ortiq “oltin viza” taqdim etilgan.
Izoh (0)