Eron hukumati Suriya poytaxti Damashqda yangi konsullik markazi ochdi. Bu haqda IRNA nashri xabar berdi.
Manbada aytilishicha, Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amirabdullohiyon 8-aprel kuni Damashqda konsullik binosi rasmiy ochilish marosimida ishtirok etgan. U ,shuningdek, Isroil hujumi sodir etilgan joyga ham tashrif buyurgan.
O‘tgan haftada Isroil sodir etgan hujumda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining Suriyadagi harbiy maslahatchisi, brigada generali Muhammad Rizo Zohidiy va yana olti nafar eronlik halok bo‘lgan edi. Husayn Amirabdullohiyon hujum sodir etilgan yerda turib, marhum harbiylarga hurmat bajo keltirgan.
Manbaga ko‘ra, yangi konsullik binosi vayron bo‘lgan elchixona binosiga tutash. Konsullik binosi ochilishida Isroil hujumida yaralangan shaxslardan biri ham ishtirok etgan.
Eron tashqi ishlar vaziri Damashqda Suriya xorijiy idorasi vakili Faysal Mekdod va prezident Bashar al-Assad bilan uchrashgani maʼlum. Uchrashuv tafsilotlari keyinchalik oshkor qilinishi aytilgan.
Izoh (0)