O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi savdo uyi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
![](/static/2024/04/03/2024-04-03 20.02.28-lMywFAiB.jpg)
Maʼlum qilinishicha, bunda rivojlangan davlatlarga Made in Uzbekistan belgisi ostida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksporti hajmini oshirish maqsad qilingan.
Mazkur savdo uyi huzurida ko‘rgazma zali sifatida doimiy faoliyat yurituvchi shou-rum ochish ham rejalashtirilgan.
Unda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning turli mahsulotlari keng assortimenti — oziq-ovqat, meva-sabzavot, to‘qimachilik-tekstil, ipak, kimyo, kulolchilik mahsulotlari hamda zargarlik buyumlari namoyish etiladi.
Izoh (0)