• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan jamoatchilikda noto‘g‘ri tasavvurlar shakllangan” — Ergash Norpo‘latov

    2024-yilning sentyabr oyida O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyatining qurultoyi bo‘lib o‘tadi. “Daryo” muxbiri Jamiyat raisi Ergash Norpo‘latov bilan mazkur anjumanga tayyorgarlik va bugungi kunda ko‘zi ojiz insonlarni qiynayotgan muammolar haqida suhbatlashdi. 

    - Bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biri ko‘zi ojiz insonlarni ish bilan ta’minlash. Jamiyat tasarrufida nechta korxona faoliyat yuritmoqda, ularda yaratilgan ish o‘rinlari va maoshlar haqida ma’lumot bersangiz. 

    - Tizimda bugungi kunda 97 ta korxona bo‘lib, ularda 1260 nafar ishchi-xodimlar hamda 771 nafar ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligi ta’minlangan. O‘rtacha ish haqi 950 000 so‘mdan 1 050 000 so‘mgacha. Iqtisodiy baquvvat korxonalarimizda esa nogironlarning ish haqi 3 000 000-3 500 000 so‘m atrofida. Lekin bugungi kunda amalga oshirayotgan ishlarimiz bizni umuman qoniqtirmaydi. Sababi 771 nafar nogiron ishlayapti degan bo‘lsak, bularning sonini kamida 5-6 barobar oshirish imkoniyatiga egamiz.

    Ming afsuski, ayrim muammolar bizga to‘siq bo‘lmoqda. Birinchidan, o‘tgan asrning 50-60-yillarida qurib foydalanishga topshirilgan korxonalarimizning bino-inshootlari nihoyatda eskirib qolgan, aksariyati yangidan qurishga, ba’zilari kapital ta’mirga muhtoj.

    Ikkinchidan, o‘tgan asrdan qolib kelayotgan texnologiyalar bilan ishlab kelmoqdamiz. Bilasizki, bu texnologiyalar elektr quvvatini ko‘p sarflashi va zamondan orqada qolganligi bilan mehnatda samaradorlikka erishishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bordi-yu biz zamonaviy avtomatik dastgohlarni olib kelib o‘rnatadigan bo‘lsak, ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligi yanada kamayib ketishi mumkin.

    Ya’ni a’zolarimizning bandligini o‘ylaydigan bo‘lsak, korxonalarni to‘liq avtomatlashtira olmaymiz. Agar iqtisodiy o‘sishni o‘ylaydigan bo‘lsak, avtomatlashtirishga majburmiz... Biz vaziyatdan kelib chiqib, ikki tomonlama maqbul yechimni topishga harakat qilyapmiz. 

    Ergash Norpo‘latov, Ko‘zi ojizlar jamiyati raisi
    Foto: “Daryo”

    - Korxonalarda 60 turdan ziyod mahsulotlar ishlab chiqarilayotgan ekan, bular tikuv-to‘quv, mebel, matbaa mahsulotlari, turli xil maishiy vositalar. Mana shu korxonalar o‘zini oqlayaptimi, mahsulotlardan tushayotgan foyda ishchilarini oylik bilan ta’minlashga yetyaptimi yoki davlatdan qo‘shimcha yordam olinadimi?

    - Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash evaziga ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlik subyektlari boshqalar singari foyda topolmaydi. Bularning iqtisodiy foydasidan ko‘ra, jamiyatga ijtimoiy foydasi muhim hisoblanadi. Yillar davomida huquqiy asos bo‘lmaganligi sababli ushbu korxonalar o‘z ishlab chiqargan mahsulotlarini sotishda qiynalib kelgan. Ittifoq davrida bu masala o‘sha zamonning zayliga ko‘ra hal etilib kelingan, lekin tizim va tuzumning o‘zgarishi, iqtisodiy munosabatlarning o‘zgarishi oqibatida mazkur korxonalar hatto bankrotlik darajasiga kelib qolgan.

    2016-yildan keyin korxonalarimizga soliq imtiyozlari berildi va davlat xaridlari jarayonida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida mahsulotlarimizni buyurtmachilarga yetkazib berish masalasi hal etildi. Lekin shunday bo‘lsa ham bu jarayondagi ortiqcha to‘siqlar korxonalarimizning samarali ishlashiga xalaqit bermoqda. 

    - Qanday to‘siqlar, byurokratiya bormi?

    - Prezident qarorida biz uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida ishlash tartibi belgilab qo‘yilgan bo‘lsa-da, daxldor vazirliklar tomonidan bir qator to‘siq va g‘ovlar uchramoqda. Misol uchun, xulosalar so‘rash, har yili qayta-qayta sertifikatlashtirish. Vaholanki, sertifikat olish ham xarajatlarni talab etadi. To‘siq bo‘layotgan masalalardan yana biri buyurtmachi bo‘lgan Davlat tashkilotlarini tekshirish jarayonida “nega to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida ulardan mahsulot oldilaring?” deya e’tiroz bildirilmoqda.

    Men shu fursatdan foydalanib aytmoqchi edimki, ko‘rish bo‘yicha nogiron bo‘lib yashashning o‘zi hayotda qahramonlik. Ko‘zingizni yumib, oldinga bir-ikki qadam tashlab ko‘ring. Yanayam tasavvur eta olmasangiz, 6-7 qadam yurib ko‘ring. Shundagina ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarning turmush tarzini, hayotini tasavvur qilgan bo‘lardingiz. Ular mana shu sharoitda uyidan chiqib, jamiyatga qo‘shilyapti, qaysidir mehnat jamoalariga borib mehnat qilib, halol mablag‘lari evaziga oilasini tebratyapti, shuning o‘zi qahramonlik emasmi?

    Shunday paytda yurtdoshlarimizdan, zamondoshlarimizdan jilla qursa bitta daldaning o‘zi biz uchun katta mukofot. Endi mana shunday huquqiy asoslar yaratilgan bir davrda tazyiqlar o‘tkazilishi bizning faoliyatimizga kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Davlat buyurtmachilari-ku boshqa korxonalar bilan ishlab ketaveradi. Lekin bu qanchadan-qancha nogironligi bo‘lgan shaxslarning ishsiz qolishiga sabab bo‘ladi.

    Bitta misol aytaman. Mashhur yozuvchimiz G‘afur G‘ulom qizlari Olmosxon opa bilan bozorga chiqqanlarida bir chekkada eski qora qozonini sotib o‘tirgan keksa ayolga ko‘zi tushibdi. U bilan savdolashib, qozonni sotib olibdi. Qizlari “Dada, nega bu qozonni oldingiz, bizga kerak emas-ku”, deb so‘raganda, “E bolam, pulga ehtiyoji borligi ko‘rinib turibdi, agar men olmasam, sota olmas edi. Men pulni shunchaki berib ketsam, ko‘ngliga har xil gap kelishi mumkin edi” degan ekan. 

    Ergash Norpo‘latov, Ko‘zi ojizlar jamiyati raisi
    Foto: “Daryo”

    - Demak, Ko‘zi ojizlar jamiyatining 97 ta korxonasi bor. Bularning qanchasi Jamiyatning o‘z tasarrufida? 

    - Yuqorida aytib o‘tganimizdek, korxonalarning aksariyati o‘tgan asrning ikkinchi yarmida tashkil bo‘lgan, ularning jihozlari o‘sha paytda shakllangan bo‘lib, bugungi kunda bino-inshootlardagi kadastr hujjatlarida tushunmovchiliklar, noaniqliklar yuzaga kelmoqda. Deylik, Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi Madaniyat saroyimizni kapital ta’mirlash bo‘yicha davlat idoralariga murojaat qilganmiz.

    Afsuski, ancha mablag‘ taqozo etishi sababli davlat tomonidan pul ajratilishi qiyin kechdi. Bu yerda mahalliy investorlar yordamida zamonaviy bino barpo etish rejamiz ham 3 yildan beri kechikib kelmoqda. Sababi – kadastr hujjatlaridagi noaniqliklar. 

    - Idora-tashkilotlarda imkoniyati cheklangan insonlar uchun kvota ajratish to‘g‘risidagi talablar qanchalik bajarilmoqda? 

    - “Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida ham bunday kvota o‘rinlarini taqdim qilish nazarda tutilgan. Lekin ming afsuski, bu bandlar to‘liq ishlayapti deb bo‘lmaydi. Sababi nogironligi bo‘lgan shaxslarga bo‘lgan e’tiborsizlik. Ya’ni bular uchun ajratilgan o‘rinlarga boshqa sog‘lom insonlarni ishga olish holatlari ko‘proq uchrayapti. Nima uchun bunday to‘siqlar bor desangiz, nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan jamoatchilikda noto‘g‘ri tasavvurlarning shakllangani. “Nogironligi bo‘lgan shaxs ortiqcha muammo tug‘diradi, ishi unumli bo‘lmaydi” degan tasavvurlar. Vaholanki, agar ular ishga qabul qilinsa, hatto boshqalardan ko‘ra ko‘proq foyda keltirishini aniq ayta olaman. 

    - Bu yilgi qurultoyida xorij mamlakatlaridan delegatsiyalar ishtirok etadi. Bunday delegatsiyalar oldingi qurultoyda ham qatnashgan ekan. Chet elliklar yurtimizda imkoniyati cheklangan insonlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida qanday fikrda? Biz ulardan nimalarni o‘rganishimiz mumkin?

    - Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulaylik deganda faqat pandus haqida gapiriladi. Vaholanki, ko‘zi ojizlar uchun taktil yo‘laklar masalasi muhim bo‘lib turibdi. Bu pandusdan kam bo‘lmagan muammo. Taktil yo‘lak – maxsus bo‘rtma nuqtali plitkalardan yotqizilgan yo‘lak bo‘lib, ko‘zi ojiz inson shundan mo‘ljal olgan holda, o‘z manziliga borib-kelishi mumkin. Deylik, aeroport, temir yo‘l vokzali, bozorlar, kafelarga olib boruvchi shunday yo‘laklar nihoyatda muhim.

    Ergash Norpo‘latov, Ko‘zi ojizlar jamiyati raisi
    Foto: “Daryo”

    Hozir bunday yo‘laklar hatto jamiyatimiz joylashgan bino oldida ham yo‘q. Faqat Tashkent City’da bor. Rivojlangan davlatlarda allaqachon shunday qulaylik yaratilgan. Muammo shundaki, bunday plitkalar o‘zimizda ishlab chiqarilmaydi. Agar moliyalashtirish yo‘lga qo‘yilsa, o‘z korxonalarimizda ishlab chiqarishimiz ham mumkin. Yana bir taklifimiz – ovozli svetoforlarni ko‘paytirish kerak. Hozir Toshkentda faqat bir nechta shunday svetoforlar o‘rnatilgan.

    Ularni imkon qadar barcha chorrahalarda joylashtirish lozim. Shunda ko‘zi ojizlar ham birovning yordamiga muhtoj bo‘lmay, bemalol manziliga yetib oladi, to‘laqonli mehnat qilib, jamiyat rivojiga hissa qo‘shadi.

    Olimjon Safoyev suhbatlashdi

    03.04.2024, 17:05   Izoh (0)   5115
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qishloqlarda o‘g‘il bolalar ko‘p tug‘ilmoqdami yoki qizlar? Statistika agentligi ma’lumot berdi 

    03.04.2024, 16:50

    O‘zbekistonda ayrim o‘qituvchilarga 100 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi 

    03.04.2024, 16:30

    “Koreyada davlat yerlarini noqonuniy egallab olmaslik maktab darsliklari sifatida o‘rgatiladi” — Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari

    03.04.2024, 16:20

    O‘zbekistonda dollar kursi bir kunlik pastlashdan so‘ng yana ko‘tarildi

    03.04.2024, 16:10

    Toshkentdagi yirik bozorlar ko‘p qavatli qilib qayta qurilishi mumkin

    03.04.2024, 15:15

    O‘zbekistonda ish o‘rni yaratgan tadbirkorga bankdan olgan kredit foizi tushirib borilishi kutilmoqda

    03.04.2024, 14:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Telegram va WhatsApp orqali qo‘ng‘iroqlar qisman cheklovga uchradi

    Dunyo | 14 avgust, 00:05

    O‘zbekistonga mol go‘shti importi ikki baravar oshirildi

    Iqtisodiyot | 13 avgust, 23:50

    Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvi uchun joy izlanmoqda — CBS

    Dunyo | 13 avgust, 23:40

    Suriya va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

    Dunyo | 13 avgust, 23:30

    O‘zbekistonga elektromobil importi rekord darajada ortdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 23:15

    YKL saralashi. “Bashakshehir” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Viking”ni mag‘lub etdi. Shomurodovdan assist

    Sport | 13 avgust, 23:09

    Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchi spot bitkoin joylashgan mamlakatga aylandi

    Dunyo | 13 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.